Unda Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” hamda SHo'rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorligini muhofaza qilish, hududini obodonlashtirish, infratuzlmasini takomillashtirish va sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Qarorda shuningdek:
- 2020 yilning iyul` oyidan boshlab, Termiz-Sariosiyo-Denov-Boysun-SHerobod-Termiz yo'nalishi bo'ylab turistlar uchun mo'ljallangan avtobuslarning “City Tour” printsiplari asosida muntazam qatnovini yo'lga qo'yish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish;
- Boysun tumanidagi Omonxona qishlog'i, Zovboshi tog'li hududi, Darband qishlog'i hududlarini o'z ichiga olgan – Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilgan holda, turizm infratuzilmasini barpo etish;
- “Hunarmand” uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan birgalikda viloyatda esdalik sovg'a mahsulotlarining turlarini diversifikatsiya qilish, xususan, tarixiy-madaniy va arxeologiya, islom ziyorati, ekologiya, buddizm ob'ektlari, gastronomik va boshqa turizm turlarini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi;
- ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatidagi Surxon davlat qo'riqxonasi hududida turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu hududda joylashgan “Zarautsoy qoyatosh sur'atlari” turizm namoyishi ob'ektlarini qo'riqxonaning qo'riqlanma zonasiga chiqarish;
- uch oy muddatda Zarautsoy qoyatoshlaridagi bitiklarni saqlab qolish va yosh avlodga keng tanishtirish maqsadida Zarautsoy tarixi haqida chop etilgan kitoblarni saralash va yangidan chop etish belgilandi.









