Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tumani boʻlimi xodimlari tomonidan Termiz shahri “Bogʻishamol” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan K.X va A.Y.lar xorijda ishlab chiqarilgan 1 000 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro M.X.ga 45 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1 moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.