Surxondaryoda sodir boʻlgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar ayol vafot etdi

    Haydovchi ogʻir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    2024-yilning 21-aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatga ega “Boysun – Duoba” 4N-1613 avtomobil yoʻlnining 7 km.da yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

    1974-yilda tugʻilgan haydovchi, boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasida tuman markazi tomon bir necha km tik nishablikda harakatlanashi natijasida transport vositasining tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik sabab yoʻlning xavfli burulish qismiga yetib kelgach, boshqaruvni yoʻqotib, yoʻldan chiqib ketadi.

    Shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. Yoʻl-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar mavjud.

    Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Harakat ishtirokchilariga togʻli hududlarga sayoxatga borishda belgilangan talablarga rioya qilib, transport vositasining texnik holatidan xabardor boʻlib, yetarlicha malakaga ega boʻlgan haydovchilar xizmatidan foydalanishlari tavsiya etiladi.