Boshqarma faoliyatida asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” maxsus jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladigan undiruvlar bilan bogʻliq hujjatlar ijrosi alohida nazoratga olingan deydi Byuroning viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Hamid Togʻayev.
Uning soʻzlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-sonli Farmonlari talablari asosida davlat foydasiga undiriladigan 6 turdagi ijro hujjatlari boʻyicha joriy yilning 4 oyi davomida undirilgan 8 mlrd 465,9 mln. soʻm pul mablagʻi daftarlar boʻyicha tashkil etilgan maxsus jamgʻarmalarga oʻtkazilishi taʼminlangan.