Shu yilning 11-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 18 yoshli qiz F.J. tayoq va metall buyum bilan olingan tan jarohati oqibatida vafot etdi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga koʻra, qizga uning ukasi, 16 yoshli A.J. hujum qilgan, chunki uning opasi “yigitlar bilan munosabatda boʻlgan”.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi qoʻlga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.