Surxondaryoda yana 9 ming 432 gektar yerda anorzorlar barpo etiladi

    Agrosektor 3 Aprel 2021 1503

    Oʻzbekistonda anor plantatsiyalari maydoni faol ravishda kengaytirilmoqda. 2021-2022-yillarda Surxondaryoda 9 ming 432 gektar yerda anorzorlar barpo etilishi va yillik hosil hajmini yaqin kelajakda 300 ming tonnaga yetkazish koʻzda tutilgan.

    Bu yil Sherobod tumanida besh ming, Muzrabot tumanida ikki ming va Qiziriq tumanida ming gektar yerda yangi anor plantatsiyalari bunyod etilmoqda.

    Surxondaryo, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlaridagi rejalar, shuningdek, mamlakatning boshqa mintaqalaridagi mavjud plantatsiyalar hisobga olinsa, yaqin 5-10 yil ichida respublikada anor ishlab chiqarishning yillik hajmi kamida 600 ming tonnadan oshishi prognoz qilinmoqda.