Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.” MCHJ rahbari Sh.S. ushbu MCHJga tegishli binoda yashirin sex tashkil etib, yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotganliklari aniqlanib, 300 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 6 079 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.