Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin ravishda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yogʻga oʻxshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.