Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok boʻldi

    Afsuski, marhuma haydovchining haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan.

    Shu yilning 27-mart kuni Sariosiyo tumanida dahshatli YHT sodir boʻldi. Hodisa tafsilotlari haqida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB maʼlumot berdi.

    Taʼkidlanishicha, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro (ayol kishi) “Chevrolet Nexia 3” avtomobilida tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketgan transport vositasi beton toʻsiqqa urilgan. YTH ortidan avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Natijada avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan.

    Shuningdek, avtomobilda boʻlgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) ogʻir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Maʼlum qilinishicha, marhum haydovchining haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan.