FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida bugun, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 04:28 da zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 37,47 gradus shimoliy kenglik; 67,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 440 km janubiy-g‘arbda.