Markazdagi o‘quv jarayonlari, dars xonalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasb-hunar turlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Markazda o‘zbek tili va adabiyoti, yer osti transport tuzilmalari va ularning ekspluatsiyasi, elektr energetikasi, bino va inshootlar qurilishi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi, iqtisodiyot, menejment, informatika va axborot texnologiyalari, buxgalteriya hisobi va audit hamda tibbiyot yo‘nalishlarida 200 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sport zallari, tikuv sexlari tashkil etilgan.
Markazdagi qizlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ularning qiziqishlari, fikr va takliflari eshitildi.
Shuningdek, Komissiya tashabbusi bilan Markazdagi talabalar uchun Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan «Sangardak» sharsharasiga sayohat tashkil etildi.
Komissiya Markaz yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, hududda boshqa loyihalarni ham amalga oshirishiga kelishib olindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.