Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi bozorda bir ayol onasi bilan ketayotgan oʻziga notanish qizaloqqa pichoq urgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat 1-may kuni sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, hech bir sababsiz oshxona pichogʻi bilan hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir jarohat yetkazgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
3 yoshli qiz jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan.
Olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi BP xabarda.