Maʼlum qilinishicha, 31-may kuni soat 05:11 da Shoʻrchi tumani “Bobotogʻ” mahallasi Mustaqillik koʻchasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo doʻkonining 2-qavati 85 kvadrat metr maydonida yongʻin sodir boʻlgan va binoning shift qismi yongan. Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 05:14 da yetib borib, yongʻin soat 05:19 da qurshab olingan va soat 06:40 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻin qutqaruvchilarining saʼy-harakatlari natijasida binoning 1-qavati hamda 200 kvadrat metr joyi saqlab qolingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar organlari masʼullari va boshqa mutasaddilar yetib borgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.