Boysun tumanidagi gaz zapravkada Nexia 2 avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi. Hodisa oqibatida mashina yaqinida boʻlgan haydovchi halok boʻldi.
Voqea 28-iyun kuni soat 07:15 atrofida tumanning Inkobod mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “Nexia-2” rusumli yengil avtomobilga metan gazi toʻldirilayotgan paytda 100 litr sigʻimdagi ballon yorilib, portlash sodir boʻlgan. Voqea joyida yongʻin yuz bermagan.
Hodisa oqibatida yaqin joyda turgan haydovchi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar hamda prokuratura organlari mutasaddilari yetib borgan boʻlib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarda aytilishicha, voqea joyiga tuman FVB, IIB hamda prokuratura rahbar xodimlari yetib borgan va holatni nazoratga olgan.








