Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 17-sentyabr kuni tungi soat 03:15 larda viloyat IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFY hududidan oʻtuvchi M41 avtomobil yoʻlining 1463 kilometrida 2004-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaro “Neksiya-2” rusumli transport vositasini “Denov-Sariosiyo” yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelib qarama-qarshi boʻlakdan harakatlanib kelayotgan 2005-yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib YTH sodir etgan.
Hodisa oqibatida, “VAZ-2107” rusumli avtomobil salonida boʻlgan 3 nafar yoʻlovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etib, ikkala avtotransport vositasidagi qolgan yoʻlovchilar tan jarohati olib tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Harakat ishtirokchilaridan haydovchilik huquqisiz, yetarlicha malakaga ega boʻlmay transport vositasini boshqarmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.