Surxondaryolik fermer Rossiyaga 485 ming dollarlik mahsulot eksport qildi

    Joriy yilning oʻtgan davrida xoʻjalik tomonidan 2000 tonna qizil lavlagi va 800 tonna karam yetkazib berildi.

    — Rossiya bilan 4 million dollarlik shartnoma imzoladik. Kelishuv boʻyicha 2000 tonna qizil lavlagi va 800 tonna karam yetkazib berdik. Joriy yilning oʻtgan davrida xoʻjaligimiz tomonidan 485 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Eksport qilinayotgan sifatli mahsulotlarimiz Rossiyada katta talabga ega. Mahsulotlar tabiiy sharoitda yetishtirilgani, quyosh nurida pishishi bilan ajralib turadi. Kelgusida eksport mahsulotini koʻpaytirishni rejalashtirganmiz”, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Juma Boymirov.

    Shoʻrchi tumanidagi “Surxon Agro Gold” MCHJga qarashli 10,5 gektar maydonda ekilgan uzum nihollari parvarishlanmoqda. Korxona xodimlari uzum qatorlari orasiga gulkaram, lavlagi (qizilcha) mahsulotlar ekib, Rossiyaga eksport qilishdi.