Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdsk Tojikiston Respublikasi jamoatchiligini xamda Dushanbe shahri mehmonlarini O‘zbekistonning milliy uslubda ishlab chiqilgan xunarmandchilik mahsulotlari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 3 nafar hunarmandlar ishtirok etyapti.
Tadbir davomida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlar uchun Tojikiston milliy muzeyida alohida burchaklar ajratilgan. Ushbu burchaklarni har bir davlat o‘zinint milliy uslubida bezatdi.
Tadbirda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etayotgan Surxondaryo viloyati «Hunarmand» uyushmasi vakillarining mahsulotlariga qiziqishi katta bo‘ldi va tomoshabinlar tomonidan harid ham qilindi, deb xabar beradi Respublika «Hunarmand» uyushmasi matbuot xizmati.