Surxondaryolik pillakorlar ham zafar quchdi

    Agrosektor 23 Iyun 2021 1609

    Surxondaryo viloyati pillakorlari 1 ming 715 tonnadan ortiq “kumush tola” tayyorlab, shartnoma majburiyatini bajardi.

    Pillakorlar mahalliy iqlimga mos, serhosil, kasalliklarga chidamli 30 ming 572 quti ipak qurti urugʻini parvarishlab, oʻrtacha hosildorlikni 56,1 kilogrammga yetkazdi. Yetishtirilgan hosilning asosiy qismi yuqori navlarga qabul qilindi.

    Erishilgan bu muvaffaqiyatga viloyatning, ayniqsa, Shoʻrchi, Bandixon, Denov tumanlari pillakorlari munosib ulush qoʻshdi.

    Shoʻrchi tumanidan “Qarshiyev Ilyos”, “Turdimurod”, “Roʻzi Mamaraimov”, Bandixon tumanidan “Sodiqbobo”, “Koʻksoy obod”, “Baraka yorliq”, Denov tumanidan “Abdulxoshim Laziz”, “Mamatmoʻmin Choriyor”, “Isomiddin Shahobiddin” kabi koʻplab fermer xoʻjaliklari pilla yetishtirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini 110 foizga oshirib bajardi.

    Viloyatda qabul punktlariga pilla hosilini topshirish davom etyapti, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.