Ayni paytda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy davlatida bo'lib turibdi. Viloyat delegatsiyasining birinchi manzili Xeyluntszyan provintsiyasi Xarbin shahri bo'ldi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Anvar Oripov boshchiligidagi delegatsiyaning Xeyluntszyan provintsiyasi gubernatori o'rinbosari Yuy TSzyan bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Surxondaryo va Xeyluntszyan o'rtasida hamkorlik yunalishlari muhokama qilindi. Yakunda qishloq xo'jaligi, konchilik, chorvachilik, sanoat, turizm hamda ikki tomonlama savdo yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, hududlar o'rtasida birodarlik aloqalarini o'rnatish, birgalikda sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Ma'lumot uchun, Xeyluntszyan provintsiyasi maydoni 454,8 ming kvadrat kilometr, aholisi 30,9 mln kishi. YAMM 224 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

Joriy yil birinchi yarmida tashqi savdo aylanmasi 20,8 mlrd AQSH dollariga etgan. Provinsiya rivojlangan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatiga ega bo'lib, hududda Xitoydagi eng yirik guruch, soya hamda makkajo'xori plantatsiyalari joylashgan.