Surxondaryoning 3 ta tumani vaqtincha gazdan uzildi

    Shu yilning 29-oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor, Bandixon va Boysun tumanlarida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli tabiiy gazdan vaqtincha uzildi.

    Bu haqda viloyat hokimligi maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatining uchta tumanida joylashgan AGRSlarda oʻrnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabat bilan quyidagi hududlarda isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

    — Angor tumanida soat 12:00 dan 17:00 gacha;

    — Bandixon tumanida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

    — Boysun tumanida soat 12:00 dan 16:00 gacha.

    Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.