Bugungi kunda u ichki bozorga chiqarilyapti. Shuningdek, xorijga eksport qilish uchun tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Surxondaryo iqlimiga mos ushbu qovun navi mart oyida ekilib, may oyida hosilga kirdi. Shu kungacha uch marta oʻgʻitlanib, toʻrt marta sugʻorildi. Qovun vazni oʻrtacha 2–2,5 kilogrammgacha yetadi. Qovun ekilgan maydonda egat oralariga plyonka yopilgan. Bu usulda namlik yaxshi saqlanadi hamda ildizi qurib qolishini oldini oladi.
Qovunning oʻsib rivojlanishi uchun qulay harorat 25–30 daraja issiq harorat hisoblanadi.