Qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- 160 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, ularda shtatlarni egiluvchan boshqarish tizimini joriy qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarining 50 foizini 2026-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish;
- “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 141 ta tumanda kamida 3,5 ming gektar yer maydonida oʻquv dala-shiyponlarini tashkil etish.
Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, ularga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berildi, jumladan:
- moliyaviy holatdan kelib chiqib hamda mavsumga qarab mustaqil ravishda shtat birliklari sonini belgilash;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobidan moddiy-texnik bazani mustahkamlash.
Kooperativ tashkil etilgandan soʻng yangi hisobot yilidan boshlab “Doʻstlik tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining vazifa va funksiyalari Kooperativga oʻtkaziladi.









