Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmatiga koʻra, oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida yashovchi fuqaro A.A. tomonidan tuman hududidan oqib oʻtuvchi Sherobod daryosi suvini ifloslantirgan holda avtomashina yuvayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro A.A.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismiga asosan 735 000 soʻm mamuriy jarima belgilandi.