Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan “Toshkent suv taʻminoti” MCHJ Angren shahar boʻlimining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlimning isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish va suv sotish boʻlimi nazoratchilari Sh.B., A.I., G.E., M.Sh. va S.Q.lar aholidan suv isteʼmoli uchun jami 153,5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan yigʻib olib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.