Suv kodeksi qabul qilinadi

    Hozirda masʼul qoʻmitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruhi yilishi oʻtkazildi.

    Yigʻilishda qonun loyihasi atroflicha koʻrib chiqilib, uni birinchi oʻqishda yalpi majlisda muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar chuqur tahlil qilindi.

    Xususan, deputatlar kodeks loyihasini takomillashtirish davomida asosiy eʼtiborni suvdan oqilona foydalanish, samarali boshqarish va muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy shart-sharoitlar yaratishga, suv yetkazib beruvchilar va suv isteʼmolchilarining masʼuliyati oshirishga qaratmoqda.

    Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sugʻoriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Hozirda masʼul qoʻmitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.