Suv obi hayot, undan oqilona foydalanish har birimizning burchimiz

    Agrosektor 3 Noyabr 2021 1942

    Qonunbuzilish holatlari yuzasidan jami 194 million 430 ming soʻm maʼmuriy jarima choralari qoʻllanilgan boʻlib, 140 million 530 ming soʻm jarima mablagʻi undirib olindi.

    “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat va tumanlar boʻlimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatilgan.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1003 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Inspeksiyaning Urgut tumani boʻlimi tomonidan 168 ta, Paxtachi tumanida 102 ta, Narpay tumanida 95 ta, Ishtixonda tumanida 92 ta, Pastdargʻom tumanida 91 ta, Kattaqoʻrgʻon tumanida 86 ta, Bulungʻur tumanida 74 ta qonunbuzilish holatlari kuzatildi.

    — Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qishloq xoʻjaligi va klaster korxonalariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1514 ta ogohlantirish berilib, 739 ta holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, — deydi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori Odiljon Shomurodov. — Qonunbuzilish holatlarining 224 tasi boʻyicha mutasaddilarga nisbatan yozma koʻrsatma berilib, 39 ta holatda taqdimnoma kiritildi, 678 ta holat yuzasidan maʼmuriy qaror qabul qilindi.

    Qonunbuzilish holatlari yuzasidan jami 194 million 430 ming soʻm maʼmuriy jarima choralari qoʻllanilgan boʻlib, 140 million 530 ming soʻm jarima mablagʻi undirib olindi, deb xabar beradi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.