Hujjat davlat suv xoʻjaligi obyektlarini DXSH tamoyillari asosida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish natijalari boʻyicha Suv xoʻjaligi vazirligi va agroklaster oʻrtasida tuziladigan bitim asosida boshqaruvga berishni koʻzda tutadi.

Ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan klasterlarga tekin foydalanish huquqi asosida ularni saqlash, taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun agroklasterlar mablagʻining bir qismini jalb qilgan holda beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Agroklasterlarga maqsadli foydalanish uchun beriladigan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining asosiy koʻrsatkichlari;
  • Agroklasterlarga DXSH shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga boshqaruvga beriladigan davlat irrigatsiya tizimi kanallarida suv sarfini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish tizimini joriy qilish prognoz koʻrsatkichlari;
  • Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini agroklasterlarga DXSH shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga berish boʻyicha “yoʻl xaritasi”.

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 13.12.2022 yildan kuchga kirgan.