Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-981-son, 22.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Qonunga koʻra, bir qator qonunlarga Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Shuningdek qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha fermer xoʻjaliklarining majburiyati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinmoqda.