Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining toʻliq yuritilishini yoʻlga qoʻyish, 400 dan ortiq maʼlumotlarni raqamlashtirish;
- 600 mingdan ortiq suv isteʼmolchilari, 4,3 million gektar sugʻoriladigan yer maydonlari hamda sugʻorish uchun foydalanilgan suv resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda shakllantirish;
- suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
- suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish.
Suv xoʻjaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xoʻjaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.









