Suv tanqisligi sababli hammom va basseynlar vaqtincha yopilmoqda

    Yashil sayyora 7 Iyun 2023 1282

    Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda hammomlar, avtomobil yuvish va basseynlar vaqtincha yopildi.

    Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, ichimlik suvi taqchilligi sababli mer oʻrinbosari Jыrgalbek Shamiraliyev tegishli xizmatlar bilan birgalikda reyd oʻtkazyapti.

    Tekshiruv natijalariga koʻra, koʻp miqdorda suv ishlatadigan xususiy vannalar, avtoyuvish va basseynlar vaqtincha yopildi.

    Qayd etish joizki, ichimlik suvi Bishkekka 37 ta Orto-Alish va Ala-Archin yer osti suv havzalaridan keladi.

    Poytaxtni suv bilan taʼminlovchi asosiy manba Orto-Alish suv ombori boʻlib, ichimlik suvining 40 foizdan ortigʻi undan olinadi.

    2023-yil 2-iyun holatiga koʻra, chuqurligi 160-250 metr boʻlgan 334 ta artezian quduqlaridan foydalanilyapti.

    Soʻnggi yillarda, ayniqsa, yozda Bishkekda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash muammosi kuchaymoqda.

    Bir kishi boshiga oʻrtacha suv isteʼmoli kuniga 170 litrdan 410 litrgacha koʻpaygan, bu esa isteʼmol miqdori 241 foizga oshganini bildiradi.