Ushbu yirik gidrotexnik suv taqsimlovchi inshoot Boʻston kanalining sharqiy qismining 352 piketida bunyod etilgan.

Foydalanishga topshirilayotgan suv taqsimlovchi inshootlardan Ellikqalʼa, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlariga asosiy suv taqsimlanadi. Boʻston kanali orqali soniyasiga 90 m3 suv oqib keladi. Shuningdek, ushbu suv taqsimlovchi inshoot Beruniy tumanining 38 ming gektar yerini suv bilan taʼminlashga, ikkita nasos stansiyalarini foydalanishdan chiqarishga sabab boʻladi.

Obyektning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar yangi inshootning bunyod etilishi davlat byudjetiga katta foyda keltirilishiga, nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilishga qaratiladigan mablagʻ tejalishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun: Mazkur suv taqsimlovchi yirik gidrotexnik inshootlardan Ellikqalʼa tumaniga Bogʻyob kanali orqali 39 m3 kub, Beruniy tumaniga 49,5 m3 suv taqsimlanadi.

Minajatdin Qutlimuratov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.