Suv toshqini tufayli Xitoyning sharqiy qismida poyezdlar harakati to'xtab qoldi

    Kuchli yomg'ir Xitoyning sharqiy qismidagi ayrim hududlarda poyezdlar qatnovida jiddiy uzilishlarga olib keldi.

    Seshanba kuni Xuanshan shahri (Anxoy viloyati) stansiyasiga poyezdlarning jo'nab ketishi va kelishi bir kunga to'xtatildi. Xuddi shu viloyatdagi Szinsyan uyezdi stansiyasi ham yopildi.

    Kuchli yog'ingarchilik tufayli suv toshqini va ko'chkilar xavfi Shanxayda ham temir yo'l qatnovida uzilishlarga olib keldi. 25-iyun kuni shahar vokzallarida jami 50 dan ortiq poyezdlar harakati to'xtatildi. Szyansi viloyatida, qo'shni Shanxayda ham qiyin vaziyat yuzaga keldi, uning rasmiylari bir qator tezyurar temir yo'llarda poyezdlar harakatini to'xtatishga qaror qildi.

    Xitoy markaziy meteorologiya xizmati seshanba kuni, asosan, mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy hududlarida kuchli yog'ingarchilik bo'yicha qizil ogohlantirish rejimini saqlab qoldi, deb xabar beradi tass.ru.

    Oxirgi kunlarda kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan ko'chki va suv toshqini oqibatida bir necha o'nlab odamlar qurbon bo'lgani haqida avval xabar berilgan edi.