Suv xoʻjaligining 233 ta qurilmalarida nosozliklar aniqlangan

    Suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan oʻtkazilgan 12740 ta nazorat tadbirlarida 7755 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va tuman boʻlimlari tomonidan joylarda Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

    Hisobot davrida, sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan oʻtkazilgan 12740 ta nazorat tadbirlarida 7755 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.