Natijada tirbandlik yuzaga kelib, yuzga yaqin kema kanaldan oʻtishga navbat kutib turibdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi. Xabarda aytilishicha, kattiq shamol tufayli kema kutilmaganda yoʻnalishini oʻzgartirgan va toʻxtab qolgan.

Ever Given ekipaji aʼzolariga hech narsa xavf solayotgani yoʻq. Kema Xitoydan Niderlandiyaga ketayotgan edi.

Maʼlumot uchun. Suvaysh kanali Oʻrta yer va Qizil dengizlarini bir biri bilan bogʻlaydi. Sinay yarim orolidan oʻtuvchi kanalning uzunligi 160 kilometr, eni esa 350 metrni tashkil etadi.