Oʻrganishda, Federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, juda koʻp miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazishgan.
Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida oʻtkazilgan xalqaro yigʻinga yuborilib, 72 mln soʻm byudjet mablagʻlari asossiz ishlatilgan.
Shuningdek, 2021-yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi “D” MCHJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan boʻlsalarda, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd. soʻmlik pul mablagʻi talon-toroj qilingan.
Mazkur holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.