“Suzuk ota” majmuasini saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi

    Mamlakatimizda 13 Avgust 2020 1663

    Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash toʻgʻrisida” (5.08.2020-y.) 464-son qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida barpo etilgan “Suzuk ota” majmuasida obodonlashtirish, sunʼiy sugʻorish inshootlari va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini qurish ishlari yakunlanganligi hamda majmuani saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.

    Normaʻning yozishicha, 2020-2021-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Departamentni taʼminlash uchun maxsus texnika va avtotransport vositalari roʻyxati ilovaga muvofiq (14 ta) va xodimlar shtatini oshirish (+ 33 ta) tasdiqlandi.

    Toshkent shahar hokimligiga 2020-yilda qoʻshimcha shtat birliklariga, “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratish topshirildi.

    Toshkent shahar hokimligi va Moliya vazirligiga 2021-yildan boshlab, Toshkent shahar mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va uni saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish topshirildi.