Shavkat Sardorovich mehmonga poytaxtda roʻy berayotgan islohotlar, Prezident sayloviga tayyorgarlik toʻgʻrisida maʼlumot berib, hokimlik faqat saylov uchastkalarining texnik jihatdan taʼminoti va jihozlanishi bilan shugʻullanishini, targʻibot jarayoniga aralashmasligini alohida taʼkidladi.
Tatyana Georgiyevna iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bundan avval Toshkentga ikki marta – 2007 va 2019-yillarda tashrif buyurganini aytdi. 2019-yilda u Oliy Majlisga saylovlar jarayonida kuzatuvchilik qilgan, yaqinlashayotgan Prezident saylovida esa xalqaro kuzatuvchi sifatida Buxorodagi saylov jarayonida ishtirok etishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.