Albatta, dunyo aholisi yaşaş va işlaş davomida yer, suv, havo, zamin qaʼridagi turli qazilmalardan foydalanmay iloji yöq, biroq asosiy muammo undan qanday foydalanişda. Bugun köpçiligimiz tabiat gözalligidan zavqlanamiz, hayotbaxş göşalarda orom olamiz, ammo amaliy jihatdan unga köproq isteʼmolçi sifatida yondaşamiz. Afsuski, ana şu jarayonda köpinça tabiatga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölamiz.
Keyingi paytlarda insonning atrof-muhitga taʼsiri global va şiddatli tus olgan. Bunda antropogen omillar — inson faoliyati bilan yuzaga kelayotgan salbiy özgarişlar yetakçi sababçiga aylangan. Bu atrof-muhitgagina emas, iqlim özgarişini ham kuçaytirmoqda.
Ekologik tahdidlarga çegaralar begona
Jumladan, odamlar yaşaş, işlaş, yanada qulay şaroitda dam oliş uçun haddan ziyod kömir, neft va gazdan foydalanadi. Ularning yoqilişidan ajralib çiqayotgan karbonat angidrid gazi salmoği ham tinimsiz ortib borayotir. BMT maʼlumotlariga köra, yuqorida sanab ötilgan uç xil yonilği hissasi atmosferaga tarqalayotgan barça issiqxona gazining 75 foizini va karbonat angidrid gazining 90 foizini taşkil etadi.
Bu mavzuda söz yuritilganda eng köp qöllaniladigan “issiqxona gazi” nima degani? U qanday paydo böladi va ekologiyaga qanday zarar yetkazadi?
Ilmiy manbalarda taʼkidlanişiça, unga suv buği, karbonat angidrid, metan, azot oksidi, ftorli gazlar kiradi. Ular quyoşdan kelayotgan nurlarni özidan erkin ötkazadi, biroq yer yuzasidan qaytayotgan issiqlik (infraqizil) nurlari koinotga çiqib ketişiga yöl qöymay, atmosferada tutib turadi. Bu xuddi oynavand inşoot içida issiqlik töplanişiga öxşaydi.
Albatta, ular tegişli meʼyorda bölsa, hayot uçun qulay haroratga zarar yetmaydi. Afsuski, oxirgi yuz yillikda inson faoliyati bois, ularning miqdori haddan ziyod oşib ketdi. Iqlim özgarişi, global isiş kabi salbiy oqibatlar kelib çiqişida ularning uluşi ulkan. Qöşimçasiga, dunyo böyiça bunday gazlarni yutib, örniga kislorod çiqaradigan millionlab gektardagi örmonlar kesilib ketayotganiga nima deysiz?
Issiqxona gazlari quyoş issiqligini yer yuzida uzoq vaqt tutib qoladi va bu tabiiy muvozanatning keskin buzilişiga sabab böladi. Şu sababli atmosferaning pastki qatlamlarida harorat meʼyoridan kötarilib bormoqda. Buni ilmiy maʼlumotlarsiz ham odamlar yil sayin kuçli his etib borayotir.
Ayni paytda olimlar koinotdagi, xususan, quyoş faolligidagi turli özgarişlar ham iqlimga taʼsir körsatişini öz tadqiqotlarida bayon etmoqda. Buning ustiga, keyingi yillarda dunyo miqyosida tez-tez yuz berayotgan qurğoqçilik, kuçli jalalar, suv toşqini va örmon yonğinlari ham insonning tabiatga körsatayotgan nomuvofiq munosabatidan kelib çiqyapti. Abadiy muzliklar erişi kuçaygani va dunyo okeanlari sathi kötarilayotgani şu jarayonlar oqibati.
Jahon OAVda uşbu mavzuga oid köplab ilmiy tadqiqotlar, xulosalar va kelajakda yuz berişi mumkin bölgan jarayonlar yuzasidan xabarlar berib borilmoqda. Gap umumiy uyimiz — Yer sayyorasi va uning tabiatiga tegişli ekan, biror yangi maʼlumotni öqiganda “Juda uzoqda ekan, bizga tegişli emas” maʼnosida xulosa çiqariş örinli bölmas. Jumladan, “Sibirda “uxlayotgan ulkan xavf” uyğonmoqda: metan ajralişi ikki barobarga ortdi” sarlavhali maqolada iqlim isişi oqibatlari borasida tegişli maʼlumotlar aytilgan. Unda yozilişiça, Arktika iqlimining keskin isişi Sibir mintaqasida bir-biridan farq qiluvçi ikkita xavfli jarayonni yuzaga keltirdi. Live Science naşrining xabar berişiça, uşbu özgarişlar tuproq ostida asrlar davomida muzlab yotgan organik moddalarni eritib yubormoqda.
Ğarbiy Sibirda havo harorati kötarilişi va yoğingarçilik köpayişi botqoqlarni kengaytirdi. Bu esa u yerdagi mikroblar tomonidan köp miqdorda metan gazi işlab çiqarilişiga sabab böldi.
Şarqiy Sibirda esa, aksinça, öta issiq va quruq havo kuzatilmoqda. Bu vaziyat yirik örmon yonğinlarini keltirib çiqardi va muzlagan yerlarning yanada tezroq erişiga yöl oçdi.
Olimlarning taʼkidlaşiça, Sibir tuproği ostida sayyoramizdagi jami issiqxona gazlarining yarmiga yaqini saqlanadi. Agar global isiş şu tarzda davom etsa, uşbu “uxlayotgan xatar” butunlay uyğonib, dunyo iqlimi uçun halokatli va ortga qaytarib bölmas oqibatlarni yuzaga keltirişi mumkin.
Oxirgi yuz yildan ortiq vaqt mobaynida dunyo böyiça qança köl va daryolar butunlay qurib qoldi. Şu oraliqda sayyoramizda içki çuçuk suv havzalarining 60 foizi iqlim özgarişi va ulardan ayovsiz, samarasiz foydalaniş sabab vaqti-vaqti bilan qurib qolyapti yoki butunlay oqişdan töxtayotir.
Uzoqqa bormaylik, yaqin ötmişda dunyodagi eng yirik köllarning törtinçisi deb eʼtirof etilgan Orolni misol sifatida keltirib ötaylik. Dunyoda qurib qolayotgan bunday suv havzalari oz emas. Tadqiqotlar xulosalariga köra, dunyoda önlab dengiz va köl şunday xavf ostida. Şu maʼnoda, tabiatni böysundiriş emas, unga munosabatni butunlay, tubdan özgartiriş şart.
Dunyo mamlakatlari bu borada yakka holda emas, birgalaşib, hamjihatlikda va yangi texnologiyalardan unumli foydalangan holda bunday xatarli muammoning oldini oliş uçun kuraşga kirişgan.
Xususan, Turkiy davlatlar taşkilotining 2026-yil may oyida Qozoğistonning Turkiston şahrida bölib ötgan norasmiy sammitida mazkur masala körib çiqildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2027-yilni turkiy dunyoda “Tabiatni asraş yili” deb eʼlon qiliş taşabbusi ilgari surildi. Bu global va mintaqaviy iqlim özgarişi davrida ekologik hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur taşabbus “Tabiatni asraylik” mazmunidagi umumiy maqsadnigina anglatmaydi, bu borada aniq taklif va rejalar körsatib ötildi.
Jumladan, turkiy dunyo miqyosida iqlim özgarişi hamda ekologik muammolarga qarşi muvofiqlaştirilgan hamkorlik harakatlarini amalga oşiriş, mintaqada atrof-muhit va biologik xilma-xillikni asraşga qaratilgan loyihalarni kuçaytiriş mazkur taşabbusning asosiy yönalişlari qatorida taʼkidlangan. Bunda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, xususan, iqlim va tabiat monitoringida sunʼiy yöldoş maʼlumotlari va raqamli yeçimlardan keng foydalaniş möljallangan.
Prezidentimiz sammitdagi nutqida bunday taʼkidlagan edi: “Bu kabi muammolarga samarali yeçim topiş uçun sunʼiy yöldoş maʼlumotlari asosida Turkiy davlatlar taşkiloti iqlim xatarlarini monitoring qiliş tizimini yaratiş muhim. Bunda qurğoqçilikni barvaqt aniqlaş, tuproqning yemirilişi va muzliklarning erişi bilan boğliq holatni doimiy kuzatib boriş, transçegaraviy suv resurslarini boşqariş sohasiga sunʼiy intellektni joriy etişga eʼtibor qaratiş lozim”.
Darhaqiqat, inson va tabiat qator ziddiyatli munosabatlar bilan boğlangan. Şu bois, texnik taraqqiyot ekologik inqiroz bilan uyğunlaşmay iloji yöq. Yaʼni texnika asrida yaratilayotgan har qanday eng zamonaviy texnologiya, avvalo, insoniyatning umumiy uyi bölgan sayyoramiz, tabiatni asrab-avaylaşga xizmat qilişi kerakligi, unga zarar yetkazmaslikka urğu berilmoqda.
Bu bejiz emas, albatta. Binobarin, turkiy davlatlarning katta qismi joylaşgan Markaziy Osiyoda havo harorati jahon böyiça örtaça körsatkiçga nisbatan ikki barobar tez oşmoqda. Sönggi oltmiş yil içida esa muzliklar maydoni qariyb 30 foiz qisqargan. Vaholanki, muzliklar mintaqa suv resurslarining qariyb 90 foizi şakllanişida muhim örin tutadi. Ular qişloq xöjaligi, energetika va millionlab insonlar hayotiga boğliq bölgan Amudaryo va Sirdaryoni suv bilan taʼminlaydi.
Aholi soni va iqtisodiyot ösişi resurslarga ehtiyojni oşirmoqda. Başoratlarga köra, 2050-yilga borib, Markaziy Osiyo aholisi 100 million kişiga yetadi. Suv, oziq-ovqat va energiyaga talab ortib boradi, iqlim özgarişi esa uşbu resurslar bilan taʼminlanganlik darajasini oldindan baholaşni tobora qiyinlaştirmoqda.
Madaniy daraja, tafakkurimiz mezoni
Mazkur muammolarni hal etiş yöllari haqida söz yuritilar ekan, mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini alohida taʼkidlaş örinli. BMT iqlim sohasidagi umumiy maqsadlarni belgilab beradi, biroq ularga erişiş har bir mintaqaning öziga xos xususiyatlarini hisobga olişni talab etadi. Zero, bir neça davlat hududini qamrab olgan daryo havzalari va muzliklar tizimlarini muvofiqlaştirilgan saʼy-harakatlarsiz saqlab qoliş mumkin bölmaydi.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning qayd etişiça, global muloqot qiyinlaşgan şaroitda mintaqaviy hamkorlik formatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ular amaliy hamkorlikni davom ettiriş va umumiy vazifalarni hal qiliş imkonini beradi. Şuning uçun tabiiy resurslarni asraş va iqlim özgarişiga moslaşişga qaratilgan qöşma loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş zarur. Bunday yondaşuv umumiy daryo havzasining holatiga boğliq bölgan barça mamlakatlar manfaatlarini hisobga olişga imkon beradi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida yangi Özbekistonni barpo etiş va kelgusi ön yillikda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan strategik islohotlar rejasini eʼlon qildi. Unda qayd etilgan jami yettita milliy dasturning törtinçisi suv va tabiatga munosabatni tubdan özgartirişdir.
Kelgusi beş yilda qişloq xöjaligi ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini yuz foizga yetkaziş umummilliy maqsad qilib belgilandi. “Yaşil makon” harakatini esa yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş talab etilmoqda. Maktab, boğça, şifoxona va köp qavatli uylar atrofidagi yaşil hududlarni jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qiliş dasturning asosiy yönalişlaridan biri. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek: “Tabiatga munosabat — xalqning madaniyati, davlatning masʼuliyati va taraqqiyotning sifat körsatkiçidir”.
Ha, yurtimizda ona tabiatga munosabat tubdan özgarmoqda. Zotan, bu faqatgina xöjalik yoki iqtisodiy masalagina emas, balki mamlakat taraqqiyoti yölini, xalqimiz tafakkurini, tabiatga, suvga munosabatimizni aks ettiradigan közgu hamdir.
Rustam BOYTÖRA,
“Yangi Özbekiston” muxbiri