Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo'lga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko'rsatgan fuqarolarni rag'batlantirish maqsadida “Tabiat himoyachisi” ko'krak nishoni ta'sis etildi.
Ko'krak nishonini har yili 5 iyun` - Butunjahon atrof muhit kuni arafasida tantanali ravishda berib boriladi.
Ko'krak nishoni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqtsorining to'rt baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaxs ko'krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.