Tabiat resurslari vazirligiga  matbuot kotibi tayinlandi

    Mamlakatimizda 5 Aprel 2023 1254

    Tabiat resurslari vazirligi Matbuot kotibi – Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Raxmanbayeva Lola Samigdjanovna tayinlandi.

    Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

    Qayd etish lozimki, Lola Raxmanbayeva 2019-yildan shu kunga qadar Turizm va madaniy meros vazirligida xuddi shu lavozimda ishlagan.

    2016-2019 yillarda Kun.uz saytida faoliyat yuritgan.

    Lola Raxmanbayeva 1980-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2003-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti magistraturasini tamomlagan.