Bugun va bayram kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha viloyatlarida haroratning koʻtarilishi davom etadi.
Keyingi haftaning boshiga kelib, havo harorati kechalari 9-14 darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajagacha, respublikaning choʻl hududlarida va janubda baʼzi joylarda 32-35 darajagacha koʻtariladi. Shamol asosan birozdan oʻrtacha tezlikgacha sharqiy yoʻnalishda esdi, faqat shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida ham iliq va quruq ob-havo boʻladi. Togʻlarda harorat kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darajagacha koʻtariladi. Shunday qilib, tabiatda dam olishni yaxshi koʻradiganlar qulay ob-havodan bahramand boʻlishlari mumkin.
Bugun va 21-24-aprel kunlari poytaxtimizda asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 10-13 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari 18-20 darajadan 27-29 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.
Oʻzgidromet sinoptiklari Oʻzbekistonning barcha aholisi va mehmonlarini Ramazon hayiti bilan tabriklaydi! Barchangizga sogʻlik-salomatlik, musaffo osmon, xonadonizda iliqlik va osoyishtalik tilaymiz!