Ekspozitsiyada rasssomning 60 dan ortiq ijod namunalari o'rin olgan. Ularning asosiy qismi tabiat manzaralari. Ko'rgazmadan go'zal Baykal ko'liga bag'ishlangan ko'p asarlari o'rin olgan. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi hududlar tasvirlangan “Xojikent”, “Oqtoshda oqshom”, “Tovoqsoyda kuz” va boshqa asarlarida fasllar almashinuvida tabiatning o'zgarishiga e'tibor qaratgan.

Pavel Pantyuxin 1921-yilda Saratovda tug'ilgan. 1925-yilda Pantyuxinlar oilasi Toshkentga ko'chib kelgan.

1947-yil P.Ben`kov nomidagi Toshkent badiiy bilim yurtining 3-bosqichidan boshlab o'qigan va uni 1949-yili tamomlagan.

1961-yili sobiq Ittifoq Rassomlar uyushmasiga a'zo bo'ldi.  

Hasan Abdunazarov