Tabiatning mo‘jizaviy ehsonlari

    Bilasizmi? 31 Mart 2021 659

    Mamlakatimiz shunday bir jannatiy o‘lkaki, u o‘zining to‘rt faslli betakror tabiati, yer osti va usti nodir boyliklari bilan dunyoga tanilgan bo‘lsa, endilikda uning yangi noyob xususiyatlari – tez oqar daryoyu soylari, oftobli osmoni, shamolli kengliklari, boshqa biologik manbalari ham uning shuhratini yetti iqlimga yoyilishiga hissa qo‘shishi uchun barcha imkoniyatlar bor.

    Kecha faraz, xayoliy orzu bo‘lib tuyulgan innovatsion g‘oyalar, yangi texnologiyalar ulardan elektr, issiqlik, yonilg‘i kabi energiyalarning hosil qilinishi hamda qo‘llanilishiga tayanch bo‘lyapti.

    Yurtimizni Yaratganning o‘zi nechog‘liq siylagan bo‘lmasin, hayot va taraqqiyot har bir tabiiy ne'matni qadriga yetishni, kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyatni ham unutmaslikni taqozo etadi.

    Abdurauf Qorjovovning ushbu kitobidan joy olgan mulohaza, maqola va suhbatlarning aksariyati “Yangi O‘zbekiston” gazetasi va boshqa nashrlarda chop etilgan. Ular siz muhtaram o‘quvchilarni ham qiziqtirib, bilim va dunyoqarashingizni boyitishga baholi qudrat hissa qo‘shadi, degan umiddamiz.