Shuningdek, ushbu talabalarning 38 nafari imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun ajratilgan qabul kvotalari hisobidan davlat granti va 4 nafari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Ushbu talabalarimizdan ta’lim yoʻnalishlari kesimida “Biologiya” (turlari boʻyicha) 25 nafar, “Kimyo” (turlari boʻyicha) 3 nafar, “Geografiya” 8 nafar, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” 2 nafar va “Geodeziya, kartrografiya va kadastr” (funksiyalari boʻyicha) 4 nafarni tahsil olib kelishmoqda.
Yuqoridagi maʼlumotlarni quyidagi diagrammalarda ham koʻrishimiz mumkin:
Fakultetimizda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarning 17 nafari talabalar turar joyiga, 2 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashtirilgan boʻlib, qolgan 23 nafari esa oʻzlarining doimiy yashash joylaridan qatnab tahsil olishmoqda.
Buni quyidagi diagrammada koʻrishimiz mumkin.
Talabalar turar joyida istiqomat qilagan 17 nafar talabalarga turar joy uchun har oydagi toʻlov summasining 50% i miqdori universitet hisobidan qoplab berilmoqda.
Fakultetimida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalarimiz juda faol va bilim olishga chanqoq boʻlib, buni ularning 2022/2023 oʻquv yili kuzgi hamda bahorgi semestlarida oʻqitiladigan fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlarida ham koʻrishimiz mumkin. Natijalar tahlili shuni koʻrsatadiki ularning oʻrtacha oʻzlashtirish natijalari 4,2 qiymatdan yuqorini tashkil qiladi.
Shuningdek, davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan talabalarga har oyda ragʻbatlantirish sifatida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida qoʻshimcha stipendiyalar ham berilib kelinmoqda. Maʼlumki dekabr oyining uchunchi sanasi “Xalqaro nogironlar kuni” qilib belgilangan. Shu munosabat bilan fakultetimizdagi har bir imkoniyati cheklangan talabalar bazaviy oylik maoshi miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi. Universitetimiz kasaba uyushmasi tomonidan 2022-2023 oʻquv yilida ushbu talabalarning 16 nafari ya’ni 38% ga bazaviy oylik maoshining 75% miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Imkoniyati cheklangan talabalarining dars mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida ularni fakultetimiz hamda universitetimizda faoliyat olib borayotgan 13 turdagi fan va ijodiy (kasbiy) toʻgaraklarga toʻliq jalb qilingan boʻlib, bu talabalarimizning oʻz ustida ishlab yanada yuqori natijalar va yutuqlarga erishishlarida oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatib kelmoqda.
Xudaybergan Polvonov
Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani,
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.









