Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.Rashidovtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi gazchi xodimi B.P. fuqaro U.T.ning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmogʻidan uzilgan boʻlsada, 10 mln soʻm evaziga yangi gaz hisoblagich oʻrnatib qarzdorligini yoʻq qilib berishini vaʼda qilib, shundan 1 mln soʻmini olib, qolgan 9 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









