Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari bilan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Tekshiruvda tumandagi “Mirzo Ulugʻbek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S.X. gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pishirishga moʻljallangan qoʻlbola yasalgan pechlarga 10 dona nostandart gaz yondirgichlarini oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib ishlatganligi natijasida, umumiy daʼvo muddatidan kelib chiqib holda davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.