Hujjatga asosan, tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “UzGasTrade” AJ tashkil etilmoqda. Hozirda bu funksiya bilan “O‘ztransgaz” AJ shug‘ullanmoqda, endi u gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan magistral gaz transporti tizimining yagona operatori bo‘ladi.
Qaror bilan 2022 yil 1 avgustdan boshlab “UzGasTrade” :
➖tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish;
➖“Hududgazta’minot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan prezident qarorlarida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.