Odatda tabiiy gaz qancha baland bo'lsa, undan boricha foydalanishga harakat qilamiz, ya'ni olov choynak/, qozonning tashqarisiga ham chiqib ketadi. Aslida, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me'yordan 50 foiz yoki undan ko'proq sarflaysiz.
Shuningdek, gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o'rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo'lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko'proq tejamkorroq ishlatiladi, deb yozmoqda Hudud Inform.