Tabiiy gazning ijtimoiy normasi miqdori oshirildi

    Bugun, 1-noyabrdan boshlab tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori 100 metr kubdan 500 metr kubgacha oshirildi.

    Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.

    Unga koʻra, noyabr oyining birinchi kunidan oylik bazaviy meʼyorlar isitish mavsumi uchun moʻljallangan shkalaga oʻtadi.

    Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik meʼyorlar quyidagi tartibda boʻladi:

    • 500 m3 gacha — 650 soʻm (1 m3 gaz uchun);
    • 501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1 500 soʻm;
    • 2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1 950 soʻm;
    • 5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2 275 soʻm;
    • 10001 m3 va undan yuqori — 2 600 soʻm.