Natijada tumanning Xo‘jaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bog‘lovchi tog‘li dovon avtomobil yo‘liga katta xarsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yo‘li yopilib qolgan. Mazkur yopilib qolgan dovon yo‘lida 3 ta yengil “UAZ” rusumli avtomobil va 8 nafar fuqaro harakatsiz qolib ketgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limi xodimlari yetib borib, tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi va Xondiza kon boyitish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida maxsus texnikalar yordamida dovon avtomobil yo‘li katta xarsang tosh va loyqalardan tozalandi. Avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.